BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Similar documents
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

IlIWROM VORMATOVA EKOLOGIYA TOSHKENT

O ZBEKISTON BO YICHA STRATEGIYA y.

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI

«BOShARUV VA MOLIYaVIY TAHLIL» fanidan DASTUR

a suite of three songs about childhood, for SATB chorus and piano

This work was created for a charity, and you may freely make printed copies from this PDF data for your performance until Dec 31, 2022.

A TI,DIOS (You Are God) œ œ. œ œ œ œ. œ. œ. œ. Dios, Dios, God, we ac -

A TI,DIOS (You Are God) INTRO South American Dance (q = ca. 80) Dm. œ œ. œ # œ œ œ œ. œ. œ. œ œ. j J œ. œ œ œ œ œ œ œ. ba - mos; you; All

Halina, Hesus. (Advent) œ N œ œ œ. œ œ œ œ œ. œ. œ œ œ œ. œ œ. C F G7sus4. œ. # œ œ J œ œ œ J. œ œ. J œ. # œ. # œ œ œ

P\'1A NO. PQ2101CE-D PRODUCTION APPROVAL LISTING - SlTPPLEMENT NO. 70 DATED: June 23, 2003 AD 1INISTRATION - PARTS MANUFACTURER APPROVAL

WANISKA. Brian Tate. Pavane Publishing. Traditional Cree. For SATB Voices A Cappella. Arranged by P1592 SATB

Thomas Tallis Mass for 4 voices

F-92. Catchment Area : 11,250 km 2. Hình 7.1 Mô hình sơ đồ cân bằng nước (Lưu vực sông Bằng Giang & Kỳ Cùng) Bang Giang - Ky Cung River Basin

NF3250K8AA NF3250GK8AA CH preface p65 , 17:14

Please read this guide carefully. It tells you how to prepare your cutting plotter for production use in a few easy steps.

www MK-Electronic de 7. Parts catalog How to use this parts catalog , -220, -230 The following legend is used in the parts catalog:

ANCIENT GROOVE MUSIC ( ) Motets for Holy Week. Edited by BEN BYRAM WIGFIELD

E X C E L L E N C E I N S A C R E D C H O R A L M U S I C. Puer Natus in Bethlehem. A Child Is Born in Bethlehem. Arranged by Robert G.

Fall 2013 Honors Option Classes


KINGSTON PARISH COUNCIL

SUPPLEMENT AUGUST CITATION PERFORMANCE CALCULATOR (CPCalc) MODEL THRU FM-S51-00 S51-1 U.S.

SUPPLEMENT 3 11 APRIL CITATION PERFORMANCE CALCULATOR (CPCalc) MODEL AND ON 510FM-S3-00 S3-1 U.S.

"-NA 1. enni;fra.-...-nrct LAOCK

Computer & IT Auction

DUBAI INTERNATIONAL AIRPORT SOUTHERN RUNWAY REHABILITATION Summer 2019 SHL Summary 16 th April to 30 th May 2019

EU DECLARATION OF CONFORMITY

Digital Resources for Aegean languages

DEUS CARITAS EST SATB Choir, Soloist, Organ. œ œ. œœœœœ. œ œœœ œ œ œ

Davenport Group Coverage Model

Premier Portable Instruments

BOEING 2001 BBJ S/N 30330

Point of Sale: concept evolution

APPENDIX 3: LIST OF BELL MOBILITY INC. AFFILIATES

Translation and Pronunciation Guide. Preview Only

œ j J œ. j œ œ œ j œ œ œ œ œ œ œ j œ œ œ œ œ œ> j œ œ œ œ œ

Translation and Pronunciation Guide Percussion Instructions

SIN GLE BOND HOSE CLAMPS

GRND 3D 2D NXT GRND 3D 2D NXT GRND 3D 2D NXT AL

Aviation Maintenance Industry Outlook and Economic Impact

Tengo seis años. At the end of each lesson, say adiós, chicos and elicit the reply, adiós, Señora/Señorita/Señor. (years old)? dentro de poco soon

" Voting Place " " Prince William County, Virginia Gainesville Election District Voting Precincts and Voting Places EVERGREEN BATTLEFIELD ALVEY

Add-on for MANUAL MANU

DIN Track Mounting, Standard 17.5 mm Width, Solid-state Star-delta Timer with Smart Dial/Selector-locking Mechanism Appearance and dimensions

Wissahickon School District

BlueNRG Guideline From evaluation to production

ABS Fittings & Pipe. Twin. Price. Elbow. 45 Degree Elbow. Price. 22 Degree. Elbow. Price. 45 Degree Wye. Price. Long Turn Tee Wye.

Summi triumphum. & bc. w w w Ó w w & b 2. Qui. w w w Ó. w w. w w. Ó œ. Let us recount with praise the triumph of the highest King, 1.

2. Reservation print out From now on, the reservation print out will be from an A4 printer (laser or inkjet) and not from a thermal printer

Tea Chest: $3.99 EA When you buy 10 or more. or $4.50ea

Specification Details: Coded Dash Number M28803/1 -MC PART LISTINGS MANUFACTURER'S DESIGNATION OR TYPE NUMBER TEST OR QUALIFICATION REFERENCE

PHILIPPINE HIGH SCHOOL FOR THE ARTS ANNUAL PROCUREMENT PLAN FOR 2017 (REVISED)

Blues. Low strength blue with a green face and red flop. A blue used when increased mixing accuracy is desired. Phthalo Greenish Blue

TOURS. Day Tours from York Whitby. North York Moors. The Yorkshire Dales.

Alma Nemes. Transcribed from several period publications. - ma Ne - mes. w œ w. Ne - mes. w w w w. - mes, quae di - ce - re Cy - pris

Report sales to a QEZE of nonresidential gas (including propane in containers of 100 pounds or more), electric, refrigeration, and steam services.

MapInfo Routing J Server. United States Data Information

Human Rights Yearbook : Burma 88 HRDU. shot dead. Site of killing Note. Khao, Kaeng Kham tract, Kunhing township. old village of Sai

Prijedor, october 2011, Preceded by a study trip to Jasenovac, Donja Gradina and Vukovar, october 2011

Năm 2015 A E. Chứng minh. Cách 1.

AVIONICS MOUNTS Low Profile, All-Axis Vibration Isolators

SUPPLEMENT OCTOBER CITATION PERFORMANCE CALCULATOR (CPCalc) MODEL AND ON REVISION 8 68FM-S17-08

Platinum Endovenous Laser Procedure Kits and Components YOUR PREFERENCES FOR YOUR PROCEDURES

Video Media Center - VMC 1000 Getting Started Guide

KOREA PRESENTATION PRESENTED BY HAWAI I TOURISM KOREA

2009 C HAL L E N GE R SN: 5744

Kingston Technology System Specific Memory 4GB DDR3 1600MHz Module memory module (KCP316NS8/4)

OregonGeology. Jose_sch19A. Madrona Elementary School. Final RVS Score. Primary Secondary Tertiary. FEMA 154 Rapid Visual Screening Score Card 1.

Commuter Connections 40 th Year Anniversary ITEM #9

Using HARDSIL to minimize the impact of extreme temperature on CMOS integrated circuits. VORAGO TECHNOLOGIES Austin, Texas

MA-D6 Field Development Slideshow

Hitachi GigE Camera. Installation Manual. Version 1.6

If you will NOT be attending an exam, at least 48-hours prior to your scheduled exam

CASM electric cylinders The modular electric cylinder system

Selected Fiji Bird Definitive Overprints to Present James J. Cottington (JJC numbers) Updated after APS StampShow 2013

Rollux - Roller Shades

2015 Bombardier Learjet 75 S/N

CHALLENGER 604 N334FX S/N5586. Specifications and Summary

AS001-BSS DIPLOMA IN INTERNATIONAL AIRLINE & TRAVEL MANAGEMENT ONE YEAR EXAMINATION TIME: 3 Hours Marks: 100

In2Corporate Ltd SUNDAY: In2C Appointed To Sell Designer Furniture by Kelly Wearstler - Giorgio - Kesterport - Frato - Vispring - Cattelan

Subj: SUBMISSION OF ANNUAL COMMAND HISTORY FOR 2001

# SISTEMA DE ENERGIA COMPLET T C MT600 VA 19 MINS RESP C/PC+MON 8 CONT #

Product Price List ROSTRA

ITU-T / IEEE cooperation. Glenn Parsons

Jeppesen Total Navigation Solution

Great Lakes Association of Science Ships Annual Meeting, Traverse City, MI 11 Jan 11

5780 Balmoral Drive Oakland, CA

A3200 Automation Controller Hardware Manual

How to operate TBC-50H

Domenico Brunetti (c ) Ave verum corpus. Transcribed and edited by Lewis Jones

Commissioned by Paul and Joyce Riedesel in honor of their 45th wedding anniversary. Lux. œ œ œ - œ - œ œ œ œ œ œ œ œ œ œ. œ œ œ œ œ œ œ œ œ.

GENERAL ELECTRIC COMPANY

FAA SAFETY TEAM. Introduction to the FAA Safety Team. Federal Aviation Administration. Southern Region FAASTeam Program Manager Date: October 18, 2010

CO LON NE POSTS (C)2011

Part Number Naming Convention

3M PPS Series 2.0 Spray Cup System The next evolution of painting productivity

Please read this guide carefully. It tells you how to prepare your cutting plotter for production use in a few easy steps.

Software withdrawal and service discontinuance: IBM Tivoli and IBM Security selected products

Birmingham City Centre Vision for Movement

Transcription:

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Informatika o`qitish metodikasi kafedrasi Fizika-matematika fakulteti «Informatika o`qitish metodikasi» ta`lim yo`nalishining 4z-kurs talabasi Ibodullayeva Nargiza Rajapboy qizining BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mavzu: KOMPYUTERNING TEXNIK TA`MINOTINI O`RGATISH USLUBIYATI (kasb-hunar kollejlari misolida) Ilmiy rahbar: tex.f.d. B.Qayipbergenov Kafedra mudiri: A.Tureniyazova Nukus - 2016

M U N D A R I J A Kirish...3 I BOB. SHaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari va ularni zamonaviylashtirishdagi muhum komponentalar...5 1.1. XXI Asrda har bir jamiyat a`zosining shaxsiy kompyuterlar bilan ishlash malakasiga ega bo`lishi ijtimoiy buyurtma sifatida...5 1.2. Kasb-hunar kollejlarida informatika darslarini tashkil etish masalalari...28 II-BOB. Informatika darslarini tashkil etishga innovatsion yondashuvlar...32 2.1. Informatika darslarida kompyuterning uskunaviy ta`minotini o`qitishda innovatsion usullardan foydalanishning ayrim xususiyatlari...32 2.2. Kasb-xunar kollejlarida o`quvchilarga kompyuterning uskunaviy ta`minotini o`rgatishda innovatsion usullardan foydalanish metodikasi...35 2.3. O`quvchilarga kompyuterning uskunaviy ta`minotini o`rgatishda amaliy mashqlardan foydalanish...49 Xulosa...53 Foydalanilgan adabiyotlar...55 2

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasini isloh qilishdagi sa`y harakatlarining biri bu ta`lim jarayonini axborotlashtirish, zamonaviy pedagog kadrlarning zamon talablariga hamnafas tarzda faoliyat yuritishlari, har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalashga doir chuqur bilim, ko`nikma, malaka va madaniyatga ega bo`lishlarini talab etmoqda. Bu esa o`z-o`zidan kelgusida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlay oladigan, axborot maydoniga ega, elektron pedagogikaning sir-asrorlarini chuqur egallagan kadrlarga bo`lgan ijtimoiy zaruriyat va ijtimoiy talabni keltirib chiqarmoqda. Prezidentimiz rahbarligida qabul qilingan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida»gi (2002 y.), «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida»gi (2005 y.), «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi (2005 y.), «O`zbekiston Respublikasining jamoat ta`lim axborot tarmog`ini tashkil etish to`g`risida» gi (2005 y.), «Respublika aholisini axborotkutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risida»gi (2006 y.), «O`zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish choratadbirlari to`g`risida»gi (2007 y.), «Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasi axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi (20.03.2012 y.), «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi (21.03.2012 y.) va boshqa da farmon, qonun va qarorlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Uzluksiz ta`lim tizimining barcha bo g inlariga axborot texnologiyalarini olib kirish, ta`limni kompyuterlashtirish, ta`lim-tarbiya jarayoniga innovatsion va ta`lim texnologiyalarini joriy etish, ta`limning samaradorligini ta`minlashga qaratilgan interaktiv metodlardan foydalanish ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning natijasidir. 3

Kasb-hunar kollejlarining o quv rejalariga kiritilgan informatika fanini o quvchilarga davlat ta`lim standartlari doirasida o qitilishi jamiyatimizda ushbu masalaning ijobiy hal etilishiga o z hissasini qo shadi. Ushbu o quv fanini o qitishda amaliy massalarni yechishning yangi yo nalishlarini, ya`ni ularga yangicha yondashuvning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish o quvchilarning ushbu fanni chuqur va mukammal o zlashtirishiga zamin hozirlaydi. Buning uchun kompyuterning texnik ta`minotini o`rgatish qoidalar tizimiga aytiladi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi o`rta maxsus kasb hunar ta`limi yo`nalishlarida kompyuterning texnik ta`minotini o`rgatish metodikasini ilmiypedagogik asoslash. 4

I BOB. SHAXSIY KOMPYUTERLARNING ASOSIY QURILMALARI VA ULARNI ZAMONAVIYLASHTIRISHDAGI MUHUM KOMPONENTALAR 1.1. XXI ASRDA HAR BIR JAMIYAT A`ZOSINING SHAXSIY KOMPYUTERLAR BILAN ISHLASH MALAKASIGA EGA BO`LISHI IJTIMOIY BUYURTMA SIFATIDA Bugungi axborotlar oqimi davrida kompyuterning hayotimizga keng kirib kelishi jamiyat a`zolarining kompyuter savodxonligiga bo`lgan ijtimoiy talab va zaruriyatini vujudga keltirib chiqardi. Kompyuter savodxonligiga erishish hozirgi kunda xar-bir soha vakili oldida turgan muhim dolzarb muammolardan biri bo`lib qoldi. Bu ish birinchi navbatda har bir jamiyat a`zosining kompyuter haqidagi bilim va tushunchalari, kompyuterlarda ishlash ko`nikma va malakalari bilan bog`liqdir. Kompyuter bilan ishlash dastavval uning nimalardan tashkil topganligi va ularning qanday vazifalarni bilishlari lozimligi haqida tushunchalarga ega bo`lishi lozim. Ya`ni kompyuter savodxonligi dastlab, shaxsiy kompyuterlar, ularning asosiy qurilmalarini o rganishni talab etadi. Demak, IBM PC shaxsiy kompyuteri o zida quyidagi qurilmalarni mujassamlashtiradi: - kompyuter qurilmalarini va hisoblashlarni boshqaruvchi protsessor; - ma`lumotlar va dasturlarni saqlash uchun xotira; - kompyuterga axborotlarni kiritish uchun tugmachalar majmuasi; - matnli yoki chizmali axborotlarni tasvirlash uchun EXM ko zgusi; - disklarni o qish va unga yozish uchun magnitli disk to plagich va qattiq magnitli disk to plagich. Demak, kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilardan iborat: 5

1. Tizim bloki. 2. Monitor. 3. Klaviatura. 4. Sichqoncha; Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrolorlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi. Tizim bloki. Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, (ya`ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma`lumotlarni o`zgartiradigan, hamma xisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda xisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o`zaro aloqasini o`rnatadigan qurilma protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko`rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so`z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko`rsatmalarini bajaradi. 6

Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki o`nga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o`rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, 80486 kabi turlari ma`lum. 1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga o`rnatmoqda. Foydalanuvchilarning tizimli blokka bo lgan talablari doimo o zgarib turadi. Bugun undan faqat uyda foydalanayotgan kompyuterlarda emas, ish joyda ishlatiladiganlarida ham multimedia imkoniyatlariga ega bo lishi talab qilinmoqda. Masalan, firma mahsulotini reklama qilish uchun multimedia kliplarini yaratuvchi dasturlar mashhurdir. Eng keng tarqalgan konfiguratsiyali tizimli blok ko rsatilgan. Biz shuni ko rishimiz mumkinki, kompyuter egiluvchan disklarning 3 dyumli diskovodi va kompakt disklarni o quvchi qurilma bilan ta minlangan. Chet (periferiya)ga o rnatiladigan bu ikki uskuna kompyuterlar o rtasidagi axborot almashishni quyidagi disklar vositasida ta minlaydi. Bular magnit qatlamli egiluvchi disklar va lazer kompakt disklari (CD-ROM yoki CD-RW)dir. 7

Tizimli blok. a) tashqi yuza paneli; 1 - kompakt-disklar uzatmasi; 2 - egiluvchi disklarning diskovodi; 3 - "tarmoq" indikatori; 4 - "Vinchester" indikatori; 5 - ta minotni ulash tugmachasi; 6 - RESET tugmachasi; b) AT shakl-omilning orqa paneli; 7 - klaviaturani ulash uchun joy: 8 - modemni yoki sichqonni ulash uchun COM portlar; 9 - monitorni ulash uchun joy; 10 - tarmoq xaritasi; 11 - tovush xaritasi; 12 - monitorni ulash uchun rozetka; 13 - tarmoq rozetkasi; 14 - printer uchun parallel port; v) - ATX shakl omilining orqa paneli; 15 PSG interfeysli sichqonni ulash uchun joy; 16 PSG interfeysli klaviaturani ulash uchun joy; 8

17 - USB-uskunasini ulash uchun joy; 18,20 - modem yoki sichqonni ulash uchun ketma-ket COM-portlar; 19 - printer uchun parallel port; 21 - mikrofonni ulash uchun joy; 22 - chiziqli ovoz chiqish joyi; 23 - akustik tizimini ulash uchun joy; 24 - joystikni ulash uchun joy; 25 - monitorni ulash uchun joy; 26 - ichki modemning xaritasi; 27 - USB-uskunalarini ulash uchun qo shimcha joylar; 28 - tarmoq xaritasi; 29 - tarmoqni ajratish joyi; 30 - tarmoq vikluchateli. Endi tizimli blokning ichiga nazar tashlaymiz. 5.2-rasmda zamonaviy multimediyaviy kompyuter tashkil topgan hamma qismlar ko rsatilgan. Rasmning markazida tizimli plata aks ettirilgan. Uni, ko pincha, ona plata deb atashadi. Tizimli plata kompyuterning asosidir, unda asosiy elektron unsur (element)lar: bazaviy mikroprotsessor, tezkor xotira, kvars rezonator va boshqa mikrosxemalar joylashgan. Ochiq me morchilik tamoyiliga muvofiq mos keluvchi IBM PC kompyuterlarining katta qismi tarkibida faqat asosiy qismlargina bo lgan tizimli plataga egadir, aloqa unsur (element)lari esa masalan, to plovchilarning uzatmalari, monitor va chet (periferiya)dagi uskunalar bilan aloqa elementlari mavjud bo lmaydi. Bunday holda tizimli platada yo q bo lgan bu unsurlar alohida chop etuvchi platalarida joylashadi. Ular buning uchun tizimli platada ko zda tutilgan kengaytirish raz yomlari (ajratish joylari)ga tiqiladi. Bu qo shimcha platalar shu'ba platalar, tizimli plata esa ona plata deb ataladi. Uskunalar, ko pincha, kontrolorlar yoki adapterlar, shu'ba platalarining o zlari esa kengaytirish platalari deb ataladi. Kengaytirish stollariga o rnatiluvchi tashqi uskunalar uchun teng ma noli ikkita 9

atama karta va plata ishlatiladi. "Karta" atamasi inglizcha "Ekpansion card" (kengaytirish platasi, kengaytirish kartasi) atamasidan kelib chiqqan. Tizimli platada kompyuter ularsiz ishlay olmaydigan hamma element (unsur)lar: protsessor, xotira mikro sxemalari va chetda joylashgan uskunalarning ishini tashkil etuvchi, chipset deb ataluvchi mikrosxemalar to plami joylashadi. 5.2-rasm. Tizimli blokning asosiy qismlari. Ona platasi Kompyuterning muhim tugunlaridan biri ba zida ona (motherboard), asosiy, yoki bosh (main board) plata deb ataluvchi tizimli platadir (system board). Bu bobda tizimli platalarning turlari va tarkibiy qismlari o rganiladi. Tizimli platalar bir necha variantda ishlab chiqariladi. Ular o lchamlari, yoki formfaktorlari orqali farqlanadi. Tizimli plataning formfaktori, u o rnatiladigan korpusni aniqlaydi. Quyida tizimli platalar asosiy formfaktorlari keltirilgan. Eskirgan: Baby-AT; To liqo lchamli plata AT ; LPX. Zamonaviy: ATX; 10

Micro-ATX; Flex-ATX; NLX; WTX. Boshqa: Kompyuter ishlab chiqaruvchilardan (Compaq, Packard Bell, Hewlett- Packard i dr.). Oxirgi vaqtda Baby-AT, AT va LPX tizimli platalari formfaktorlaridan ATX platasi va uning NLX oilasiga o tish kuzatilmoqda. Keyinchalik bu Bobda tizimli platalarning standart formfaktorlari tavsiflanadi. ATX ATX tuzilmasi nisbatan yaqinda ishlab chiqilgan. Unda Baby-AT va LPX standartlarining eng yaxshi xususiyatlari mujassamlangan va ko p boshqa qo shimcha takomilliklar kiritilgan. Umuman olganda ATX - bu, ta minot manbasi o rnatilgan joyi va ulanish o rni o zgartirilgan yon tomoni bilan yotgan Baby-AT platasidir. Eng asosiysi, shuni esda tutish kerakki, ATX tuzilmasi na Baby-AT bilan, na LPX bilan jismonan muvofiq kelmaydi. Boshqacha aytganda, ATX ning tizimli platasi uchun maxsus korpus va ta minot manbasi zarurdir. Rasman, ATX tasnifi Intel firmasi tomonidan 1995 yili matbuotda e lon qildi va boshqa ishlab chiqaruvchilar ATX tuzilmasini o zining kompyuterlarida foydalanishlariga imkon yaratildi. Intelning bunday ochiq e lon qilishi bilan ATX ning yangi sanoat standarti yaratildi. ATX tuzilmasi Baby-AT va LPX standartlarini mukammallashtirishga imkon yaratdi. - Kiritish chiqarish ulanish joyning ichiga o rnatilgan ikkilangan panelning mavjudligi Tizimli plataning orqa tomonida eni 6,25 va balandligi 1,75 ulanish joyiga ega bo lgan sohasi bor. Bu tashqi ulanish joylarini bevosita plataga joylashtirishga va Baby-AT tuzilmasidagi singari, ichki ulanish o rinlari va korpusning tashqi panelini ulaydigan kabellardan foydalanish zaruriyati bo lmaydi. - Ta minot manbasida bir kalitli ichki ulanish o rnining mavjudligi 11

Bu Baby-AT tipining ta minot manbasidagi ulanish o rinlarini almashtirishni soddalashtiradi. ATX xususiyatiga ko ra, u oson o rnatiladigan va umuman noto g ri o rnatish mumkin bo lmagan, bir kalitli ulanish o rniga ega. Bu ulanish o rni tizimli plataga 3,3 V kuchlanishni o tkazadigan kontaktlarga ega, bu esa ATX ning tizimli platasi uchun, tez ishdan chiqadigan kuchlanish o zgartgichini o rnatish zarurati yo qligini bildiradi. - Xotira modullarini va protsessorni ko chirish Bu qurilmalarning joylashish o rinlari o zgardi: endi ular kengayish platalariga xalaqit bermaydi va birorta ham o rnatilgan adapterlarni chiqarib olmasdan, ularni yangisi bilan almashtirish mumkin. Protsessor va xotira modullari ta minot manbasining yonida joylashgan bo lib, bitta ventilatordan sovitiladi, bu esa protsessor uchun doim ham tejamli bo lmagan va tez-tez buziladigan ventilatorning zaruriyatini yo qotadi. Shuningdek, katta miqdordagi passiv issiqlikni qaytarish uchun ham joy mavjud. - Kiritish chiqarish ulanish joylarining qulayroq joylashuvi. Yumshoq va qattiq disklardagi to plovchilari uchun bu ulanish joylari siljitilgan va kengayish yoki to plovchilarning ulanish joylarining quyi qismida emas, yon qismida joylashgan. To plovchilarga boradigan ichki kabellarning uzunligini kamaytirish mumkin, ulanish joyidan erkin foydalanish uchun plata yoki to plovchilarini olib tashlashning zaruriyati yo q. - Takomillashtirilgan sovutgich. Protsessor va xotira modullarini ham, ta minot manbasiga tegishli bo lgan ventilator sovitadi. Bundan tashqari ATX tuzilmasida ta minot manbasining ventilatori, havo oqimini korpus ichiga yo naltiradi va undagi bosimni ko taradi, chang va to zonning paydo bo lishiga to sqinlik qiladi. Siz ham filtrni o rnatish orqali kompyuterni yanada himoyalangan qilishinggiz mumkin. Tizimli plataning tarkibiy qismlari Zamonaviy tizimli platalarga protsessor uyalari, ulanish joylari va mikrosxemalar kabi tarkibiy qismlar o rnatilgan. Eng zamonaviy tizimli platalar quyidagi tarkibiy qismlarni o z ichiga oladi: 12

- Protsessor uchun uya; - Tizimli mantiq mikrosxemalarining majmui (North/South Bridge yoki Hub tarkibiy qismlari); - Super I/O mikrosxemasi; - kiritish-chiqarishning asosiy tizimi (ROM BIOS); - SIMM/DIMM/RIMM xotira modullarining uyalari; - /PCI/AGP shinalarning ulanish joylari; - AMR ulanish joyi (Audio Modem Riser); - CNR ulanish joyi (Communications and Networking Riser); - Markaziy protsessor uchun kuchlanish o zgartgichi; - batareya. Operativ xotira bloklari va modullar Operativ xotira o`zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma`lumotlarni saqlaydi. Ma`lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko`chiriladi, olingan natijalar zarur xolda diskka qayta yoziladi. Kompyuter o`chirilishi bilan operativ xotiradagi ma`lumotlar o`chiriladi. Diskli jamlagichlar. Ma`lumotlarni saqlash, hujjatlarni va dasturlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o`tish, bir kompyuterdan ikkinchisiga o`tkazish kompyuter bilan ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo`lib, egiluvchan disklar (disketalar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarining tezkor xotirasi 1 Megabaytdan ko proq hajmga ega bo lib, bu xotira ikki qismdan iboratdir: 1). 640 Kbaytli qismiga amallar tizimi hamda amaliy dasturlar majmuasi 13

joylashtiriladi; 2). Qolgan qismiga xizmatchi maqsadlar uchun ishlatiladigan dasturlar joylashtiriladi (test dasturlari, dastavval kompyuterni ishga tayyorlash dasturi va boshqalar). Operativ xotira bu kompyuter protsessori uchun ishchi sohadir. Unda ish jarayonida dasturlar va ma lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko pincha ma lumotlar va dasturlar faqat kompyuter qo shilganida yoki reset tugmasi bosilgunga qadar vaqtinchalik saqlash sifatida qaraladi. O chirilguncha yoki reset tugmasini bosguncha barcha ma lumotlar doimiy xotiraga (asosan qattiq disklarga) o tguncha ish vaqti davomida sodir etiladigan o zgartirishlarni eslab turish vazifasini bajaradi. Qaytadan manbaga ulanilganda saqlangan ma lumotlar yana xotiraga yuklanishi mumkin. Operativ xotira qurilmasi ba zan ixtiyoriy paytda kirish mumkin bo lgan eslab qoluvchi qurilma ham deyiladi. Bu shuni bildiradiki, operativ xotirada saqlanuvchi ma lumotlarga murojaat qilish, ularning u yerda joylashishi tartibiga bog liq emas. Kompyuter xotirasi haqida gapirilganda, odatda uning operativ xotirasi, ya ni ishlatilayotgan protsessor, avvalom bor faol dasturlar va ma lumotlar saqlovchi xotira mikrosxemalari yoki modullari o ylab ko riladi. Xotira termini tashqi eslab qolish qurilmalariga yoki magnit tasmalari kabilarda nisbatan ham ishlatiladi. Operativ xotira terminini faqatgina tizimda xotira qurilmasini bajaruvchi mikrosxemalar sifatida tushunmasdan, balki joylashtirish va mantiqiy akslantirish deb ham qarash mumkin. Joyashtirish bu ma lumotlarni (axborotlar va buyruqlar) aniqlangan tipi bo yicha aniq xotira manzillariga jo natishdir. Hozirgi kompyuterlarda eslab qolish qurilmalarining uchta ko rinishi ishlatiladi. - ROM (Read Only Memory). Doimiy xotira qurilmasi DXQ, ma lumotlarni yozish amalini bajarishga qodir emas. - DRAM (Dynamic Random Access Memory). Ixtiyoriy tartibdagi tanlangan dinamik xotira qurilmasi. 14

- SRAM (Static RAM). Statik operativ xotira. ROM tipidagi xotira ROM tipidagi xotirasi (Read Only Memory), yoki DXQ (Doimiy xotira qurilmasi) da, ma lumotlarni saqlash mumkin bo lib, o zgartirish mumkin emas. Bu ko rinishdagi xotiralar faqat ma lumotlarni o qish uchun ishlatiladi. ROM ba zan energiyaga bog liq bo lmagan xotira deyiladi, chunki unga saqlangan barcha ma lumotlar manba uzilgani bilan o zgarmaydi. Shuning uchun ROM da shaxsiy kompyuterlarni yuklash buyruqlari ya ni tizimni yuklaydigan dasturiy ta minot joylashgan. Eslatib o tish lozimki, ROM va operativ xotira bir birini inkor etuvchi tushunchalar emas. Boshqacha so z bilan aytganda, operativ xotira manzillari maydoni qismi ROM uchun olib boriladi. Bu operatsion tizimni yuklashga imkon beruvchi dasturiy ta minotni saqlash uchun zarur. BIOS asosiy kodi tizimli plata ROM mikrosxemalarida joylashgan bo lib, adapter platalarida shunga o xshash mikrosxemalar mavjud. Ular aniq platalar uchun, ayniqsa boshlang ich yuklash bosqichida faollashuvchi platalar uchun kerak bo lgan kiritish-chiqarish va drayverlar bazaviy tizimlari yordamchi qism dasturlarni o zida jamlaydi. Masalan, videoadapter. Boshlang ich yuklashda drayverlar talab etmaydigan platalar, odatda ROM ga ega bo lmaydilar, chunki ularni drayverlari boshlang ich yuklash jarayonidan keyin yuklanishi mumkin. DRAM xotirasi Dinamik operativ xotira qurilmasi (Dynamic RAM DRAM) ko pchilik zamonaviy shaxsiy kompyuterlar operativ xotira tizimlarida foydalaniladi. Bu xotiraning o ziga xosligi shundaki, uning katakchalari (yacheykalari) juda zich joylashgan, ya ni unchalik katta bo lmagan mikrosxemaga ko plab bitlar joylashgan mumkin, demak, shu asosda xotirani katta hajmli qilib yaratish mumkin. DRAM mikrosxemasida xotira katakchalari bu zaryadlarni ulaydigan mitti kondensatorlardir. Shu asnoda bitlar kodlanadi. Bu tipdagi xotiralar bilan bog liq muammolar shundaki, ular dinamik, ya ni doimiy ravishda regeneratsiya qilinishi kerak, aks holda elektr zaryadlari kondensator xotiralarida oqib keladi va ma lumotlar yo qoladi. Regeneratsiya jarayoni tizim xotira nazoratchisi mitti 15

tanaffus oladi va mikrosxema xotirasida, barcha ma lumotlar satriga murojaat qiladi. Ko pchilik tizimlar xotira 15 mks ga teng bo lgan regeneratsiya chastotasi standart ishlab chiqarishga moslashgan nazoratchisiga ega. Ma lumotlarning barcha satrlariga murojaat 128 maxsus regeneratsiya sikli o tishiga mo ljallangan. Bu shuni bildiradiki, Xotirada har 1,92 ms (128Ch15 mks) da barcha ma lumotlar satrini regeneratsiya qilish uchun o qib chiqiladi. Xotirani regeneratsiya qilish protsessorni vaqtini har bir regeneratsiya sikli davomiyligi bo yicha bir nechta markaziy protsessor vaqtini egallaydi. Eski kompyuterlarda regeneratsiya sikllari protsessor vaqtini 10% gacha egallaydi, hozirgi zamonaviy kompyuterlarda esa bu jarayon 1% vaqtni egallaydi xolos. Bir qancha tizimlarda regeneratsiya parametrlarini CMOS parametrlari dasturlari o rnatilishi yordamida o zgartirilishi mumkin, ammo regeneratsiya sikllari orasida vaqtni cho zilishi xotiraning ba zi katakchalarida zaryad yo qotiladi, bu xotirani buzilishiga olib keladi. Ko pgina hollarda o z-o zidan beriradigan regeneratsiya chastotalari ishonchlilik nuqtainazaridan taklif etiladi. Zamonaviy kompyuterlarda regeneratsiyaga sarf 1% dan kichik bo lib, regeneratsiya chastotasining o zgarishi kompyuter sifatiga juda kam ta sir o kazadi. V ustroystvax DRAM qurilmalarida bir bitni saqlash uchun faqat bitta tranzistor va juft kondensatorlardan foydalaniladi, shuning uchun ilar boshqa tiplarga qaraganda bir muncha sig diruvchan bo ladi. Hozirgi vaqtda 256 Mbit gacha va undan yo qori hajmli dinamik operativ xotirali mikrosxemalar mavjud. Shu kabi mikrosxemalar 256 mln. (va undan ortiq) tranzistorlarni o zida jam etadi! Pentium II 7,5 mln tranzistorlarga ega. Bunday katta farq qayerdan kelib chiqdi? Gap shundaki, xotira mikrosxemalari odatda kvadrat tugunlar shaklida, protsessordan farqli ravishda (protsessorlarda turli ko rinishdagi murakkab sxemalar, noaniq tashkil etilgan) barcha tranzistorlar va kondensatorlar juda oddiy, davriy ravishda ketma-ket joylashadi. Bir razryadli DRAM registrlari uchun tranzistorlar qo shni joylashgan kondensatorlarning holatini o qish uchun ishlatiladi. Agar kondensator zaryadlangan bo lsa, katakchaga 1 yoziladi; agar zaryadlanmagan bo lsa 0 yoziladi. Zaryadlar mitti kondensatorlarda har doim o tib turadi, shuning uchun 16

doimiy ravishda regeneratsiya qilib boriladi. Manba uzatishda oniy bo linish ham regeneratsiya sikllarini buzilishiga, DRAM katakchalaridagi zaryadni yo qolishiga o z navbatida ma lumotlarni yo qolishiga olib keladi. Dinamik operativ xotira shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladi; chunki u unchalik qimmat o lmay mikrosxemalarini zich joylashishi xotira qurilmasining kichik maydonni egallashini ta minlaydi. Bu xotira yo qori tezlikli xotiralardan kam farq qilib, sekin protsessorlarga mo ljallangan. Shuning uchun DRAM sifatlarini yaxshilashning juda ko p tipdagi usullari mavjud. SRAM kesh-xotira Xotiraning boshqalaridan farq qiluvchi turi statik operativ xotira mavjud (Static RAM SRAM). Bu nomlanishni qo yilishi shundaki, dinamik operativ xotira (DRAM) dan farqli ravishda uning tarkibini doimiy regeneratsiya qilish talab etilmaydi. Bu uning yagona sifati emas. SRAM dinamik operativ xotiraga nisbatan tezkor sanaladi va zamonaviy protsessorlar ishlovchi chastotada ishlay oladi. SRAM ga kirish vaqti 2 ns. dan ortiq emas; bu shuni bildiradiki bu kabi xotira bilan 500MGts va undan yo qori chastotali protsessorlar bilan sinxron ishlash mumkin. Har qaysi bitni saqlash uchun SRAM qurilmasi olti tranzistorli klasterdan foydalanadi. Tranzistorlardan qaysidir kondensatorlarsiz foydalanish regeneratsiya zarur emasligini bildiradi. (Demak, hech qanaqa kondensatorlar mavjud bo lmasa, u holda zaryadlar yo qotilmaydi.) Qachon elektr ta minot tusha borsa, SRAM xotiraga saqlash kerak ekanligini tushunadi. Unda nima uchun SRAM mikrosxemalari butun xotira tizimida ishlatilmaydi? SRAM ni Dinamik operativ xotira bilan taqqoslanilganda tezkorligi yo qori, zichligi esa past, narxi esa yo qori. Zichlik pastligi shundaki, SRAM mikrosxemalari katta gabaritlarga ega bo lib, ularning axborot sig imi past bo ladi. Ko p sondagi tranzistorlar va ularning klasterlashtirilganligi, nafaqat SRAM mikrosxemalari gabaritini oshiradi, balki DRAM mikrosxemalariga o xshash parametrlar bilan taqqoslanilganda uning texnomanik jarayoni narxini sezilarli darajada oshiradi. 17

Masalan, DRAM moduli hajmi 128 Mbayt yoki undan ko p bo lsa, shu vaqtda o lchami taxminan unga teng SRAM moduli hajmi 2 Mbayt ni tashkil etadi va ularning bari bir xil bo ladi. Shunday qilib, SRAM gabaritlari dinamik operativ xotira o lchami 30 marta oshadi, shuningdek, bunda uning narxi haqida ham shunday deyish mumkin. Bularning barchasi SRAM xotira tipidagilarni shaxsiy kompyuterlarda operativ xotira sifatida ishlatishga qarshilik qiladi. Shunga qaramasdan, ishlab chiquvchilar SRAM tipidagi xotirani ShK effektivligini oshirish uchun ishlatishadi. Ammo sezilarli darajada narxni oshishidan kesh-xotira sifatida unchalik katta bo lmagan tezkor SRAM xotirasi o rnatiladi. Kesh-xotira taktli chastotada ishlaydi, bu protsessor taktli chastotasiga yaqin va unga teng bo lib, bu xotira o qish va yozish protsessorlarida ishlatiladi. Ma lumotlarni o qish jarayonida tezkor kesh-xotira operativ xotiradan past tezlikda yozib oladi, ya ni DRAM dan. Dinamik operativ xotira kirish vaqti 60 ns dan kichik bo lmasligi kerak (16 MGts taktli chastotaga mos keluvchi). Agarda shaxsiy kompyuter 16 MGts taktli chastotada (yoki undan past) ishlasa, kesh kerak bo lmasligi uchun DRAM tizimli plata va protsessor bilan sinxronlashtirilgan bo lishi kerak. Protsessor taktli chastotasi 16 MGts ga ko tarilsa, DRAM ni protsessor bilan sinxronlashtirish mumkin bo lmay qoladi, shu sababli ishlab chiquvchilar shaxsiy kompyuterlarda SRAM ni ishlatishni boshladilar. Bu 1986 va 1987 yillarda, 16 va 20 MGts chastotada ishlovchi 386 protsessorli ShK paydo bo lganidan keyin boshlandi. Aynan shu shaxsiy kompyuterlarda dastlabki keshxotiralar ishlatildi, ya ni protsessor bilan ma lumotlarni almashib turuvchi SRAM mikrosxemalariga o rnatilgan tezkor bufer. Keshning tezkorligini protsessor tezkorligi bilan solishtirish mumkin, kesh nazoratchisi protsessorga ma lumotlar talabini bilishi va tezkor kesh-xotiraga zaruriy ma'lumotlarni yuklaydi. U holda protsessorga beriladigan xotira manzili ma lumotlari operativ xotiradan emas, balki tezkorligi bir muncha past bo lgan tezkor keshdan yuboriladi. Kesh xotira soddalik miqdorini qisqartirishga va kompyuter tezkorligini oshirishga imkon beradi. Ma lumotlarni protsessorda hisoblash jarayonida kutish vaqtini minimallashtirish uchun zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda odatda ikki 18

tipdagi kesh-xotira qaraladi: birinchi darajali kesh-xotira (L1) va ikkinchi darajali kesh-xotira (L2). Birinchi darajali kesh-xotira ichki kesh deb ham yuritiladi; u protsessor mikrosxemalari qismi bo lib, u protsessorga quriladi. Yo qoridagi birinchi darajadagi kesh-xotira barcha 486 protsessorlari va protsessor mikrosxemalariga qo shilgan. Ikkinchi darajali kesh-xotira tashqi kesh deb ham yuritiladi; u protsessor mikrosxemalariga tashqi tomondan o rnatiladi. Dastlab u tizimli plataga o rnatiladi (386, 486, Pentium protsessorlariga asoslangan barcha kompyuterlar). Agar ikkinchi darajali kesh-xotira tizimli plataga o rnatilgan bo lsa, u holda uning chastotasida ishlaydi. Bu holatda ikkinchi darajadagi kesh-xotira protsessor tegishli ulanish joyiga o rnatiladi. Unumdorligini oshirish maqsadida Pentium Pro, Pentium II/III va Athlon protsessorlariga asoslangan keyingi kompyuterlarda ikkinchi darajadagi keshxotira protsessorni qismi bo ladi. Albatta, protsessor markaziy kristalliga nisbatan u tashqi deyilib, u alohida mikrosxema sifatida protsessor qobig i ichiga (katrijga) o rnatiladi. Shuning uchun Pentium Pro yoki Pentium II tizimli platalarida hech qanaqa kesh yo q. Keyingi rusumlar Pentium III va Athlon da ikkinchi darajadagi kesh-xotiralar protsessor mikrosxemalari qismi hisoblanadi (birinchi darajadagi kesh-xotiraga o xshash) va yetarlicha katta chastotada ishlaydi (protsessor chastotalarida, yarmi yoki uchdan biri). SIMM va DIMM modullari Ko pchilik zamonaviy kompyuterlarda alohida xotira mikrosxemalari o rnida kichik plata ko rinishidagi bo lib, tizimli plata yoki xotira platasiga o rnatiluvchi SIMM yoki DIMM modullari ishlatiladi. Alohida mikrosxemalar SIMM yoki DIMM modullari plataga shunaqa o rnatiladiki, ularni amaliy jihatdan almashtirish mumkin emas. To g rilash qiyin bo lgan xatoliklar uchraganda modulni olmay almashtirish kerak. SIMM yoki DIMM modullarini katta bir mikrosxema sifatida qarash mumkin. Shk- moslashuvchi kompyuterlarida asosan ikki tipdagi SIMM modullari qo llaniladi: 30 kontaktli (9 razryadli) va 72-kontaktli (36 razryadli). 19

Ulardan dastlabkilari o lchami bo yicha kichiklaridir. SIMM modullarida mikrosxemalar plataga bir tomonlama o rnatilishi yoki ikki yoqlama o rnatilishi mumkin. 30-kontaktli modullardan foydalanish samarali emas, chunki bitta bankini to ldiruvchi yangi 64-razryadli tizim sakkizta shunaqa modulni talab etadi. Shuning uchun yangi tizimlar uchun Pentium MMX, Pentium Pro va Pentium II protsessorlarida 168 kontaktli DIMM moduli ishlatiladi (64-razryadli juft bitsiz yoki 72-razryadli juft bitli). 110 rasmda 30- va 70-kontaktli SIMM modullari, shuningdek 168-kontaktli DIMM modullari ko rsatilgan. Kontaktlar chapdan o ngga va platani ikkala tarafida ham joylashadi. Xotira mikrosxemalarini o rnatish O rnatishda yoki xotirani o chirishda quyidagi muammolarga duch kelishingiz mumkin: - elektr zaryadlarini to plash; - mikrosxema chiqishlarini shikastlanishi; - SIMM va DIMM modullarini noto g ri o rnatilishi; - yoqib-o chiruvchilar va ulovchilarni noto g ri joylashishi. Sezuvchan xotira mikrosxemalarini yoki platalarni o rnatishda elektr zaryadlarini to planishini oldini olish uchun, sintetik kiyimlar yoki oyoq kiyimlari kiyish shart emas. Ish boshlashdan avval tizim korpusiga tegib turuvchi statik zaryad yig uvchilarni olib tashashimiz yoki yaxshisi almashtiriluvchi qurilmalarga maxsus braslet kiydirishimiz kerak. Uni elektronika do konlaridan sotib olish mumkin. Braslet o tkazuvchi tasma ko rinishida bo lib, korpus bilan sim orqali birlashtiriladi (odatda timsoh tipida siqish yordamida). Qobiqni yerga qo yishda vilkani tarmoqdan uzish shart emas, balki kompyuterni uchirish yetarli. Har qanaqa mikrosxema (yoki xotira moduli) mos shaklda o rnatilishi shart. Mikrosxema bir tarafi oxirida niqob bo ladi. Bu qirqimli, doiraviy sathli yoki boshqacha bolishi mumkin. Mikrosxemalar o rnatiladigan o rinlar mos niqobga ega. Xullas, tizimli platada mikrosxemalarni qanday o rnatish ko rsatilgan. Agarda 20

quyiladigan o rinda niqob bo lmasa, u holda o rnatilgan mikrosxemalarga e tibor qilish lozim. Qirqim joylashishi mikrosxemalarni qo yish joyini ko rsatadi. Egiluvchan disklar (disketalar)ga ma`lumotlarni yozish va ulardan ma`lumotlarni o`qish uchun disk yurituvchi (diskovod) qurilmasi ishlatiladi.xozirgi paytda kompyuterlarda, asosan, 3,5 dyumli (89 mm), sig`imi 1,44 Mbayt bo`lgan disketalar ishlatilib kelinmoqda. Bu disketalar qattiq plastmassa g`ilofga o`ralgan bo`lib, bu ularning ishonchliligini va ishlash muddatini oshiradi. 3,5 dyumli disketalarda yozishni ta kidlovchi yoki imkon beruvchi maxsus o`tkazgichi mavjud. Agar teshikcha bekilgan bo`lsa ma`lumotlar yozish mumkin, aks xolda esa, mumkin emas. Disketadan birinchi bor foydalanganda uni albatta maxsus ravishda formatlash, initsializatsiya qilish kerak. Buning uchun WINDOWS ning maxsus dasturi kerak bo`ladi. Qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) kompyuter bilan ishlaganda foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo`ljallangan. Masalan, operatsion tizim dasturlari, ko`p ishlatiladigan dasturlar paketlari, xujjatlar taxrirlagichlari, dasturlash tillari uchun translyatorlar va boshqalar. Kompyuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi. Foydalanuvchi uchun qattiq diskdagi jamlagichlar bir-biridan, ya`ni diskka qancha axborot sig`ishi bilan farq qiladi. Hozirgi paytda kompyuterlar asosan sig`imi 20 Gbayt va undan ko`p bo lgan vinchesterlar bilan jixozlanmoqda. Fayl serverlar nafaqat katta sig`imli,, balki tezkor bo`lgan bir nechta vinchesterlar bilan jihozlanishi mumkin. Diskning ish tezligi ikki ko`rsatkich bilan aniqlanadi: 1. Diskning sekundiga aylanishlar soni. 2. Diskdan ma`lumotlarni o`qish va o`nga ma`lumotlar yozish tezligi. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, ma`lumotlarga kirish vaqti va o`qish-yozish tezligi faqat diskovodning o`zigagina bog`liq emas, balki disk bilan axborot almashish kanali parametrlariga, disk kontrolerining turi va kompyuter mikroprotsessorining tezligiga ham bog`liq. 21

Vinchester. IBM tipidagi kompyuterlarning vinchesteri (qattiq magnitli disk) 40 Mbaytdan 2 Gbaytgacha, hatto undan ko proq hajmga egadir. Kontrolerlar (maxsus elektron sxemalar) kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalar (monitor, klaviatura va boshqalar) ishini boshqaradi. Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma`lumot almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma`lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud. Umumiy portlarga printer, «sichqoncha» ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil buladi: parallel LPT1 LPT4 deb belgilanadi va ketma-ket COM1 COM3. Parallel portlar kirish-chiqishni ketma-ket portlarga nisbatan tezroq bajaradi. Monitorlar. 22

Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni chiqarishga mo ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo`lib, matnli hamda grafik holatlarda ishlashi mumkin. Monitor - ko zgu sifatida butun EXMda bulayotgan jarayonni namoyon kiladi. Monitorda matnli axborotlar satri va ustuni 80x25 belgilar joyiga ega. Xar bir belgi o rniga bitta harf yoki bir simvol to g ri keladi. Matn holatida monitor ekrani shartli ravishda alohida belgi o`rinlariga (ko`pincha 80 ta belgili 25 ta satrga) bo`linadi. Xar bir o`ringa 256 ta belgidan biri kiritilishi mumkin. Bu belgilar qatoriga katta va kichik lotin alifbosi harflari, raqamlar, tinish belgilari, psevdografik ramzlar va boshqalar kiradi. Rangli matnlarda xar bir belgi o`rniga o`zining va fonning rangi mos kelishi mumkin. Bu esa chiroyli rangli yozuvlarni ekranga chiqarish imkonini beradi. Grafik holat ekranga grafiklar, rasmlar va boshqalarni chiqarishga mo ljallangan. Bu holatda axborotlarni turli yozuvli matnlar shaklida ham chiqarish mumkin. Yozuvlar ixtiyoriy shrift, o`lcham, interval va boshqalarga ega bo`lishi mumkin. Grafik holatda ekran yoritilgan va yoritilmagan nuqtalardan iborat bo`ladi. Xar bir nuqta monoxrom monitorlarda qoraroq yoki yorug`roq, rangli monitorlarda esa, bir yoki bir necha rangda bo`lishi mumkin. Ekrandagi nuqtalar soni berilgan holatdagi monitorning hal etish qobiliyatiga bog`liq. Shuni ta`kidlash lozimki, hal etish qobiliyati monitor ekranining o`lchamlariga ham bog`liq. IBM rusumidagi kompyuterlarda so ngi paytlarda kerakli sifatga ega bo`lgan tasvirni hosil qilish imkonini beruvchi SVGA va suyuq kristalli (LCD) monitorlari qo llanilmoqda. Qo`shimcha ma`lumotlar 20-slaydda keltirilgan. Klaviatura. IBM PC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma`lumotlarni va boshqaruv buyuqlarini kompyuterga kiritishga mo ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko`rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o`zgarmaydi. Tugmachalar majmuasi Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan axborotlarni kiritish tugmalar majmuasi orqali amalga oshiriladi. IBM PC/XT da maxsus 23

vazifalarni amalga oshiruvchi tugmachalar (klavish) 1O dona, ular tugmachalar majmuasining yuqori qismida joylashgan bo lib, [F1-F10] belan belgilanadi. Bulardan tashqari tugmachalar quyidagi vazifalarni bajaradi: - rus shriftidan lotin shriftga utish uchun va aksincha, ikkita Shift tugmachalari bir vaqtda bosiladi (agar kompyuter xotirasiga Rk.com fayli yuklangan bo lsa); - katta harflarini kiritishda ish tartibini barqarorlashtirish uchun [Caps Lock] tugmachasi bosiladi; - satrdagi ma`lumotni kiritish tugallanganligini bayon uchun [Enter] yoki [Return] tugmachasi bosiladi; - kursorda turgan simvolni yo qotish uchun [Del] tugmachasi bosiladi; - bir simvolni o rniga ikkinchisini o rnatish uchun [Ins] tugmachasi bosiladi; - kursordan chap tomonda turgan belgini yo qotish uchun [Backspace] tugmachasi bosiladi; - kursorni boshkarish uchun - [ ], [ ], [ ], [ ], Home],[End], [PgDp], [PgDn] tugmachalari bosiladi; - raqamlarni qulayroq kiritish uchun [Numlock] tugmachasi bosiladi; - kompyuterda bajarilayotgan biror harakatdan vos kechish uchun [Esc] tugmachasi bosiladi; Ba`zi bir tugmachalar vazifalarini o zgartirish uchun [Ctrl], hamda [Alt] tugmachalari ishlatiladi. Sichqoncha va trekbol. Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qu- 24

rilmalari xisoblanadi. "Sichqoncha"- kompyuterga grafik axborotlar matnini kiritishda foydalanuvchiga qulayliklar yaratadi. Ular klaviaturaning o`rnini to`laligicha almashtira olmaydi. Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega. Sichqonchani ulanishining uch usulini ko`rsatish mumkin. Eng ko`p tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali interfeysli sichqonchalar kamroq tarqalgan. Ularni ulash uchun maxsus interfeys yoki «sichqoncha» porti kerak bo`ladi. Uchinchi ko`rinishdagi ulanish PS/2 stilidagi sichqonchalarda amalga oshirilgan. Hozirgi kunda ular portativ kompyuterlarda ishlatilmoqda. Trekbol «ag darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Trekbolda uning korpusi emas, balki sharcha harakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois trekbolga ega bo`lgan sichqonchalarga qiziqish ortib bormoqda. Qo`shimcha ma`lumotlar 21- slaydda keltirilgan Kompyuterlar asosiy qurilmalardan tashqari bir qator atrof qurilmalariga ham ega. Ularning ba`zilari bilan tanishib chiqamiz. Printerlar Printer ma`lumotlarni qog`ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma`lumotni, ko`pchiligi esa rasm va grafiklarni ham qog`ozga chiqaradi. Printer, ya`ni chop etish qurilmasi-matnli va chizmali axborotlarni qog ozga chop etish uchun. Kompyuter xotirasidagi axborotlarni qog ozga bosish uchun printer qurilmasidan foydalaniladi. Printerlar ishlash tamoyillariga kura sepuvchi, literli, 25

matritsali va lazerli turlarga bo linadi. Hozirgi kunda ko proq EpsonFX-1000, FX-800, LX-1050, LaserJet 5L kabi printerlardan foydalaniladi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham mavjud. Matritsali printerlar yaqin vaqtlargacha keng tarqalgan printerlardan biri edi. Bu printerning yozish kallagida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Kallak yozuv satri bo`ylab xarakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo`yalgan lenta orqali qog`ozga o`riladi. Natijada qog`ozda belgi yoki tasvir paydo buladi. Ignalar soniga qarab bu printerlar bir necha turlarga bo`linadi: 9 ignali, 24 ignali, 48 ignali. G` 9 ignali printerda yozuv sifati pastroq. Sifatni oshirish uchun yozishni 2 yoki 4 yurishda bajarish kerak. G` 24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi. G` 48 ignalisi yozuvni juda sifatli chiqaradi. Matritsali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha. Purkovchi printerda tasvir qog`ozga maxsus qurilma orqali purkaladigan siyoh tomchilaridan yuzaga keladi. Purkovchi rangli printer sifati lazerli printerga yaqin, narxi arzon va shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda ko`pchilik undan foydalanyapti. Tezligi bir bet uchun 15 dan 100 sekundgacha. Lazerli printerlar matnlarni bosmaxona sifati darajasiga yaqin darajada chop etishni ta`minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko`chiruvchi kseroksga yaqin. Bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter buyrug`i yordamida elektrlanadi. Bo yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi va tasvir hosil bo`ladi. Tezligi bir bet matn uchun 3 dan 15 sekundgacha. Rasm uchun ko proq, katta rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi. Hozirgi kunda minutiga 15 40 betgacha chop etadigan lazerli printerlar bor. Lazerli kompakt disklar. Lazerli kompakt disklar uchun disk yurituvchi (CD-ROM)ning ish prinsipi egiluvchan disklar uchun disk yurituvchilarning ish prinsipiga o`xshashdir. CD-ROM ning yuzasi lazer kallakka nisbatan o`zgarmas chiziqli tezlik bilan xarakatlanadi, burchak tezlik esa kallakning radial joylashishiga qarab o`zgaradi. 26

Lazer nuri disk yo`lakchasi tomon yo`naladi va Kaltak yordamida fokuslanadi. Ximoya qatlamidan o`tgan nur disk yuzasining nurini qaytaruvchi alyumin qatlamiga tushadi. Yo`lakchaning baland qismiga tushgan nur detektorga qaytadi va nurni sezuvchi diod tomon yo naltiruvchi prizma orqali utadi. Agar nur yo`lakcha chuqurchasiga tushsa, u tarqaladi va tarqalgan nurning juda kam qismi orqaga qaytib, nurni sezuvchi diodgacha etib keladi. Diodda nurli impulslar elektr impulslariga aylanadi: yorug` nurlanishlar nollarga aylanadi, xira nurlanishlar esa birga. Shunday qilib, mantiqiy nol` sifatida, tekis yuza esa mantiqiy bir sifatida qabul qilinadi. SD-ROM ning unumdorligi odatda uning biror vaqt davomida ma`lumotlarni uzluksiz o`zlashtirishidagi tezlik xarakteristikalari va ma`lumotlarga etishning o rtacha tezligi bilan aniqlanadi. Ular mos ravishda Kbayt/s va ms birliklarda o lchanadi. Disk yurituvchilarning unumdorligini oshirish uchun ularni bufer xotira (KESH xotira) bilan jixozlaydilar. KESh xotiralarning standart hajmlari 64, 128, 256, 512 va 1024 Kbayt. Disk yurituvchining buferi ma`lumotlarni CD-ROM dan o qigandan so`ng, kontroller platasi, so`ngra markaziy protsessorga jo natishgacha bo`lgan vaqt davomida, qisqa muddatga saqlash uchun maxsus xotira xisoblanadi. Bunday buferlashtirish disk qurilmasiga ma`lumotlarni protsessorga kichik miqdorlarda uzatish imkonini beradi. Bu to`g`risida ma`lumotlar 26-slaydda keltirilgan. Audioadapter. Xar qanday multimediyaviy shaxsiy kompyuter tarkibida audioadapter platasi mavjud. Creative Labs firmasi o`zining birinchi audioadapterini Sound Blaster deb atalgani uchun ularni ko`pincha «saundblasterlar» deyishadi. Audioadapter kompyuterga faqat sterefonik ovoznigina emas, balki tashki qurilmalarga tovush signallarni yozish imkonini ham beradi. 27

1.2. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA INFORMATIKA DARSLARINI TASHKIL ETISH MASALALARI O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 y 29-avgust, O`zR Oliy Majlisi IX sessiyasi) da ta`limning turlari ko`rsatib berilgan bo`lib, ular orasida uzluksizlikni ta`minlash ko`zda tutilgan. Uzluksiz ta`lim ta`limning ustuvorligi, demokratlashuvi, ijtimoiylashuvi, milliy yo`naltirilganligi, ta`lim va tarbiyaning uzviy bog`liqligi, har tomonlama komil insonlarni tarbiyalashga qaratilganligi, iqtidorli yoshlarni aniqlashga qaratilganligi tamoyillarini amalga oshirishga qaratilgan. O`zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi turlarda uzluksiz tarzda amalga oshiriladi: -maktabgacha tarbiya; -umumiy o`rta ta`lim; -o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi; -oliy ta`lim; -oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim; -kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; -maktabdan tashqari ta`lim. Shular orasida o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi alohida o`rinni egallaydi. O`zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta`limining asosiy maqsadi yoshlarni mehnat va kasbkor ko`nikmalariga o`rgatish, ishchi xodimlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorgarlikdan o`tkazishdir. Qanday kasb kor egasi bo`lmasin bugungi kunda har bir insonning kompyuter savodxonligiga ega bo`lishi zamon talabidir. Shu nuqtai nazardan kasb hunar kollejlari o`quvchilari ham kompyuter bilan muloqotga kirishish malakasiga ega bo`lishi, buning uchun kompyuterning texnik ta`minotini bilishi lozim. O`zbekiston respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, O`zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi 28

huzuridagi davlat test markazining hamda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 29 avgustda 1847-son bilan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan «O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`qituvchilari va ishlab chiqarish ta`limi ustalarini attestatsiyadan o`tkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida» gi qarorida O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi pedagog xodimning kasbiy yetukligi (professionalizm): - ta`lim va tarbiya berishning usullari, vositalari va shakllarini maqbul ravishda tanlash yoki ommalashtirishga tavsiya qilinishi mumkin bo`lgan pedagogik texnologiyalar va ularning elementlarini sinovdan o`tkazish va muvaffaqiyatli qo`llash ko`nikmasiga; - o`quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini amalga oshirishga sharoitlar yaratishi; - amaliy faoliyatida ta`limning tadqiqot va tajriba-sinov metodlarini, pedagogik jarayonni boshqarish va istiqbolini belgilash usullarini, o`quvchilarning mustaqil ta`limini rejalashtirish va tashkillashtirish usullarini qo`llashi bilan aniqlanishi belgilangan. Ya`ni o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida, bevosita kasb-hunar kollejlarida davlat ta`lim standartlari va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga javob beradigan yuqori malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar bilan ta`minlash lozimligi belgilangan. Bu kabi talablar informatika fani o`qituvchilariga ham taalluqli bo`lib, aynan informatika fani o`qituvchilari kollej o`quvchilariga kompyuterlarda ishlash ko`nikma va malakalarini shakllantirishi, pirovard natijada bunday o`quvchilar nafaqat informatika darslarida, balki boshqa o`quv predmetlarini o`qish, o`rganish, o`y vazifalarini, mustaqil izlanishlari, ijodkorlik bilan shug`ullanishlarida kompyuter savodxonligiga suyanishi maqsadga muvofiqdir. Chunki jamiyatimizning kundan-kunga rivojlanib, axborotlashib, axborotlashgan jamiyatga aylanib borayotganligini, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining barcha sohalarga kirib borib, ijobiy natijalar berayotganligi hayotning o`zi ko`rsatmoqda. Ya`ni kollejlarda ta`lim olayotgan o`quvchilar kelgusida turli dasturiy vositalarni ishlab chiqishlari, axborot-kommunikatsiya 29

texnologiyalari bilan ishlash malakalariga ega bo`lishi uchun dastavval shaxsiy kompyuterlar haqida to`liq tushunchaga va ular bilan amaliy ishlar olib borish malakalariga ega bo`lishi lozim. Buning uchun esa kollejlarda informatika fani o`qituvchilardan ijodkorlik, izlanuvchanlik, innovatsion texnologiyalar asosida kreaktiv faoliyatini olib borishi, o`quv jarayonini tashkil etish bo`yicha samarali loyihalar ishlab chiqishi, umuman informatika o`qitish metodikasini chuqur bilishi lozim. Bu bizning bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligining alohida jihati bo`ladigan bo`lsa, uning ikkinchi jihati kasb-hunar kollejlarda informatika fanini, bevosita kompyuter uskunalari bo`yicha o`quvchilarga bilim berishda yartilayotgan shart-sharoitlar va o`qitish texnologiyalari bilan bog`liqdir. Masalan: - ta`lim muassasalarining kompyuterlar va elektron vositalar bilan ta`minlanganlik darajasining yetarli darajada emasligi; - ular internet va boshqa axborot tarmoqlariga ulanmaganligi; - ilmiy-uslubiy manbalarning yetarli emasligi (elektron qo`llanmalar, laboratoriya va ishlar, testlarning yetarli emasligi); - pedagoglarning zamonaviy kompyuter texnikasi bo`yicha malakasining yetishmasligi; - o`quvchilarning ham kompyuterdan yetarli foydalana olmasliklari, elektron kitoblar bilan ishlashni bilmasliklari va h.k. Bularning barchasi kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining kompyuter uskunalari haqida tushunchalarining cheklanishi yoki bo`lmasa ular bilan ishlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarining talab darajasida shakllanishi uchun salbiy ta`sir ko`rsatadigan omillar sanaladi. Chunonchi, mazkur bitiruv malakaviy ishimiz kollejlarda informatika fanini o`qitish jarayonini samarali tashkil etish bo`yicha ilmiy nazariy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgandir. Ya`ni kollejlarda informatika fanini o`qitish jarayonini samarali tashkil etishda quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: 1. Har bir o`quvchida umumta`lim maktablarida informatika fanini o`qitish jarayonida egallagan bilimlariga suyangan holda uning uzviy davomi sifatida 30

kompyuterning asosiy qurilmalari, ularning oxirgi variantlari haqidagi tasavvurlari va bilimlarini oshirish. 2. O`quvchilarga kompyuterning har bir qurilmasining bajaradigan asosiy vazifalarini tushuntirish. 3. Kompyuter qurilmalarining bajaradigan asosiy vazifalarini o`zlashtirgan holda shaxsiy kompyuterlarda amaliy ishlash ko`nikma va malakalariga ega bo`lishi. 4. Informatika darslarini tashkil etishda kompyuterning asosiy qurilmalarini tushuntirishda innovatsion axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi, interaktiv metodlardan samarali foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Ya`ni o`quvchilar shaxsiy kompyuterdan foydalanishni bosqichma-bosqich amalga oshirishi lozim. Bu bosqich quyidagilardan iborat: 1. O`quvchilarni shaxsiy kompyuterlar, ularning asosiy va qo`shimcha qurilmalari, ya`ni ularga ulanuvchi qo shimcha qurilmalar haqida dastlabki nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish va bunda o`quvchilarning motivatsiyalarini shakllantirishga doir turli interaktiv metodlardan foydalanishi. 2. Kompyuter rivojlanish tarixi haqidagi bilimlarini mustahkamlash. 3. Katta kompyuterlar sinfi, kichik kompyuterlar sinfi bilan tanishtirish. 4. O`quvchilarning SHK foydalanish uchun dastlabki qadamni tashlashi uchun sharoitlar yaratish. 5. Amaliy darslarda o`quv materiallarini mustahkamlab kompyuterdan foydalanishga kirishishlarini ta`minlash. 6. Kompyuterni ishga tayyorlash tartibini va undan to g`ri foydalanish tartiblarini o rgatish. 31

II-BOB. INFORMATIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUVLAR 2.1. INFORMATIKA DARSLARIDA KOMPYUTERNING TEXNIK TA`MINOTINI O`QITISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI Kompyuter savodxonligiga erishish hozirgi kunda xar-bir soha vakili oldiga turgan muhim dolzarb muammolardan biri xisoblanadi. Kasb-hunar kollejlarida bevosita informatika darslarini tashkil etish va bunday darslarning samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish, bo`lg`usi informatika fani o`qituvchilarini tayyorlashga innovatsion yondashuv, uning usullarini mukammal egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o`rinda «ta`limdagi innovatsiya» tushunchasiga qisqa to`xtab o`tsak. «Innovatsiya» fenomeni ingliz tilidan olingan bo`lib, «In-ichida», «Novusyangi», «yangilik», «yangilik kiritish» degan ma`noni anglatadi. U muayyan ijtimoiy birlikka (tashkilotga, aholiga, jamiyatga, guruhga, tizimga) yangi, nisbatan turg`un unsurlarni kiritib borishi va ularning maqsadga muvofiq o`zgarishidir. «Innovatsiya» tushunchasi birinchi marta XIX asrda madaniyatshunoslik sohasida paydo bo`lib, bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma`nosini bildirgan. Innovatsion pedagogika tushunchasi G`arbda 50 yillar oxirlarida, bizning mamlakatimizda esa keyingi 10 yillikdan boshlab qo`llanilib, olimlar ushbu sohani maxsus o`rgana boshladilar. Jahon pedagogik nashriyotlarda va jurnallarda innovatsion maqolalar chop etila boshladi. So`ngra YUNESKO qoshida ta`limni rivojlantirish Osiyo pedagogik innovatsiyalar markazi tashkil etildi. Bu tashkilot turli mamlakatlardagi pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, ta`lim masalalari bo`yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik jamoatchilikka 32